O‘zbekistonga 511 mln dollarlik yengil avtomobillar olib kirildi

O‘zbekiston 09:00 / 22.09.2022 4192

2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 511,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 20 765 ta yengil avtomobil import qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobillar importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 5786 taga oshgan.

2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgandi. 

2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: