O‘zbekistonda cho‘llanishga qarshi konvensiya bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi

O‘zbekiston 08:10 / 22.09.2022 882

Nyu-York shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari, Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ibrohim Tiau ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda BMT Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlik sezilarli darajada oshdi. Konvensiyani amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqish qo‘mitasi 21-yig‘ilishi kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazilishi o‘zaro aloqalar o‘sib borayotgani dalilidir. U konvensiya kotibiyati ushbu tadbirni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tomoniga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

BMT bosh kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarini, qurigan dengiz tubini ko‘kalamzorlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Ko‘proq yangiliklar: