O‘zbek banklari «Mir» kartalarini qabul qilishni davom ettiradi

Iqtisodiyot 11:10 / 22.09.2022 47017

Uzcard O‘zbekistonda Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishda davom etadi. Bu haqda Yagona Respublika protsessing markazi ma’muriyatiga tayanib TASS xabar bermoqda

«Hozirda O‘zbekiston banklarida «Mir» kartalariga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatilmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qozog‘iston, Armaniston, Turkiya va Vetnamdagi bir qancha banklar AQSh Moliya vazirligining ikkilamchi sanksiyalar xavfi haqidagi ogohlantirishi fonida «Mir» to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatgandi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda NSPK va Yagona Respublika protsessing markazi o‘rtasida imzolangan shartnoma doirasida 2020 yildan boshlab O‘zbekistondagi tijorat banklarida «Mir» kartalarini qabul qilish boshlangan. Shuningdek, «Mir» kartalaridan Uzcard kartalariga transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati ham ishga tushirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: