Moskvada o‘zbekistonlik yigit ikki ayolni yong‘indan qutqargani uchun mukofotlandi 

Jahon 23:20 / 22.09.2022 14388

Moskva shahrida o‘zbekistonlik 24 yoshli Oybek Eshtemirov ikki ayolni yong‘in yuz bergan xonadonlardan qutqarib olib chiqqani uchun mukofotlandi.  

Xabar qilinishicha, u liftda sakkizinchi qavatga ko‘tarilayotganida tutun hidini sezgan va bir qavat pastda yong‘in yuz berganini tushungan.  

Oybek yettinchi qavatdagi yong‘in sodir bo‘layotgan xonadonga kirib bir ayolni olib chiqqan. Keyin esa sakkizinchi qavatdagi olov ichida qolgan xonadonga kirib keksa ayolni qutqargan.  

“Hech narsani o‘ylab o‘tirmasdan yordamga shoshildim. O‘sha vaqtda ularni qutqarishdan boshqa narsa xayolimga kelmadi. Har qanday erkak shunday qilgan bo‘lardi”, - deydi Oybek.

O‘zbekiston o‘zini haqiqiy qahramonlardek namoyon etgan Oybek bilan faxrlanishi mumkin, deb yozadi Moskva milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti matbuot xizmati.

Ko‘rsatgan jasorati uchun Oybek Eshtemirov departament rahbarining tashakkurnomasi va Moskva favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlandi.  

Ko‘proq yangiliklar: