Misr O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini import qiladi

O‘zbekiston 10:52 / 22.09.2022 1736

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Misrning Lotus Garment Group kompaniyasi rahbari Xusam Gabrning O‘zbekistondagi yirik to‘qimachilik  kompaniyalari vakillari bilan onlayn muzokaralari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Bundan tashqari, Misr kompaniyasi rahbarining mamlakat qator viloyatlari mutasaddilari va to‘qimachilik korxonalari rahbarlari bilan muloqoti uyushtirildi.

Xusam Gabr ma’lum qilishicha, Lotus Garment Group kompaniyasiga 1994 yilda asos solingan. Korxonada asosan jinsi matolaridan tayyor kiyimlar ishlab chiqariladi, mahsulotlar AQSh va Yevropa bozorlarida sotiladi. Kompaniya Port Said hamda 10-Ramazon industrial zonalarida 11 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. To‘qimachilik mahsulotlariga, ip-kalavaga bo‘lgan oylik ehtiyoj 500-600 tonnani tashkil etadi.  

Lotus Garment Group rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari yaxshi sifatga egaligi bois ularni import qilish niyatida ekanini bildirdi. Misr tomoni so‘roviga binoan, O‘zbekiston korxonalari o‘zi tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulot namunalarini yaqin kunlarda Lotus Garment Group manziliga yetkazishga hamda tegishli texnik sinovlar o‘tkazilganidan so‘ng narx-navo, eksport hajmi hamda shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kelib, tegishli huquqiy hujjatlarni imzolashga kelishib olindi.     

Ko‘proq yangiliklar: