Koreya nashrlari O‘zbekistonni targ‘ib qilishda ishtirok etadi

O‘zbekiston 10:14 / 22.09.2022 1512

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston ichki hamda tashqi siyosati mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi, mamlakat madaniy, tarixiy va turistik salohiyatini keng targ‘ib qiluvchi turkum maqolalarni xalqaro jamoatchilikka yetkazishda elchixona va mazkur nashr o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Li Mu Yon ma’lum qilishicha, 2000 yildan buyon ingliz tilida chop etilib kelinayotgan Korea JoongAng Daily gazetasi o‘tgan davr mobaynida mamlakatdagi eng yetakchi nashrlar qatoridan o‘rin olib ulgurgan. Gazeta 2018 yilda Pxyonchxan shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya va Paralimpiyada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi tomonidan o‘z rasmiy hamkori sifatida tanlangan.

Bugungi kunda gazeta o‘z sahifalarida turli mavzular - xalqaro hayot, siyosat, iqtisodiyot, biznes, moliya, madaniyat va boshqa sohalardagi voqealarni keng yoritib boradi. Nashr dunyo bir qator gazeta va jurnallari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. The New York Times va Washington Post gazetalari yaqin hamkorlari hisoblanadi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, konstitutsion o‘zgarishlar jarayoni bilan bog‘liq xabarlarni ushbu yetakchi gazeta sahifalarida yoritib borishga kelishib olindi. Muloqot yakunida joriy yil yakuniga qadar gazeta sahifalarida chiqarilishi rejalashtirilgan maqola va materiallar yuzasidan fikr almashildi.

Korea JoongAng Daily gazetasi koreys tilida chop etiladigan JoongAng Ilbo gazetasi ingliz tilidagi varianti hisoblanadi. Ushbu nashr The Korea Herald va The Korea Times qatorida mamlakatda ingliz tilida chop etiladigan gazetalar yetakchi uchligiga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: