Kelasi hafta boshidan O‘zbekistonda kunlar sovishni boshlaydi 

O‘zbekiston 09:14 / 22.09.2022 40295

"O‘zgidromet" xodimi Erkin Abdulahadovga ko‘ra, 26 sentabr kuni Qoraqalpog‘istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan 10-12 darajaga pasayadi. Prognozlarda 25 sentabr kuni shimolda harorat maksimumi 37 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan. 

Mazkur ob-havo prognozi O‘zbekistonga hafta boshidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g‘arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog‘ingarchilik olib kelmaydi. 

Tog‘lar, ayrim tog‘oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko‘p yog‘in bo‘lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog‘ingarchiliksiz o‘tishi mumkin.

Sovuq havo oqimi respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang-to‘zonlar ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: