Dubaydan Namanganga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 08:47 / 22.09.2022 2539

20 sentabrdan boshlab BAA loukoster kompaniyasi Samarqandga haftasiga 2 bor to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshladi. Shu munosabat bilan Transport, Turizm va madaniy meros vazirligi, «Uzbekistan airports» AJ, Fly Dubai aviakompaniyasi rahbarlari ishtirokida Ipak yo‘li Samarqand turizm markazidagi Samarkand Regency Amir Temur mehmonxonasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Kun.uz muxbirining Fly Dubai aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab qatnov geografiyasi kengaytiradimi, degan savoliga javoban kompaniya bosh direktori G‘ays al-G‘ays shunday javob berdi:

— Biz Toshkentga har kunlik muntazam qatnovlarni, mana endi Samarqandga ham qatnovlarni yo‘lga qo‘ydik. Buning uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shuningdek, 24 sentabrdan boshlab Namangan shahriga ham muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yamiz.

Fly Dubai aviakompaniyasiga 2008 yilning 19 martida asos solingan. Kompaniya ixtiyorida 70 ga yaqin Boeing 737-800 va Boeing 737-MAX samolyotlari bo‘lib, 100 ga yaqin shaharlarga parvoz qiladi. Kompaniya parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish uchun yana 150 ta samolyot buyurtma qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: