Bugun Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahriga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 10:27 / 22.09.2022 4428

Qayd etilishicha, davlat rahbari xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasida ishtirok etadi. Sessiyada Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi sifatida tasdiqlanishi mumkin.

2021 yil noyabr oyida Toshkent viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda 2021 yil yanvaridan buyon Toshkent viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Qashqadaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bu - Toshkent viloyatida 2016 yil boshidan buyon viloyatga yettinchi bor yangi hokim tayinlanishidir:

Sodiq Abdullayev (2016 yil 4 fevral — 2016 yil 12 avgust);
Islom Ergashxo‘jayev (v. b.) (2016 yil 12 avgust — 2016 yil 15 dekabr);
Shukurullo Boboyev (2016 yil 15 dekabr — 2017 yil 30 oktabr);
G‘ulom Ibragimov (2017 yil 30 oktabr — 2019 yil 4 iyun);
Rustam Xolmatov (2019 yil 4 iyun — 2021 yil 30 yanvar);
Davron Hidoyatov (2021 yil 30 yanvar — 2021 yil 18 noyabr).
 
Toshkent viloyatida mustaqillik yillarida jami 14 nafar hokim ishlagan va viloyat bu borada respublikada birinchi o‘rinda (bundan keyingi natija Samarqand viloyatiga tegishli - viloyatning hozirgi rahbari Erkin Turdimov 12-rahbar bo‘lib turibdi).

Ko‘proq yangiliklar: