Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya: «Putin jiddiy siyosiy tavakkalchilikka boryapti»
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, safarbarlik doirasida chaqirilganlardan tashkil topgan bo‘linmalar yaqin oylarda jangovar shay holatga kelishi dargumon.

Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «qisman safarbarlik» to‘g‘risidagi e’loni, Britaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya Ukrainada jang qilishga tayyor ko‘ngillilar zaxirasini tugatganini amalda tan olganlikdir. «Hatto bu qisman safarbarlik Rossiya aholisining bir qismiga juda yoqmasligi mumkin. Putin juda zarur bo‘lgan jangovar kuchni yaratish umidida katta siyosiy tavakkalchilikka boryapti», — deb yozdi idora 22 sentabr, payshanba kuni Twitter’da.
Uning fikricha, safarbarlik doirasida 300 ming kishini yollash bilan ham, Rossiya hukumati moddiy-texnik va ma’muriy muammolarga duch keladi. Katta ehtimol bilan ular safarbarlikka chaqirilganlardan yangi tuzilmalar yaratishga harakat qiladi, biroq askarlar bir necha oy davomida jangovar shay holatga kelishi dargumon, deb yozadi Britaniya Mudofaa vazirligi.
O‘z navbatida, Amerika urushini o‘rganish instituti (ISW) fikricha, Putinning safarbarlik haqidagi bayonoti Rossiya frontdagi muvaffaqiyatsizliklar fonida duch kelayotgan ko‘plab muammolarni aks ettiradi, ammo ularni yaqin kelajakda hal qilib bo‘lmaydi. Tahlilchilarga ko‘ra, Putinning buyrug‘i «yaqin oylarda Rossiyada qudratli jangovar kuch paydo bo‘lishini anglatmaydi».
«Bu 2023 yilda Rossiya qurolli kuchlari sonining hozirgi darajasini Rossiya yo‘qotishlarini qoplash orqali ushlab turish uchun yetarli bo‘lishi mumkin, ammo bu ham hali aniq emas», - deyiladi ma’lumotda. Shu tariqa, Rossiyadagi safarbarlik Ukrainani qishda bosib olingan hududi katta qismini ozod qilish imkoniyatidan mahrum qilmaydi, dedi sharh mualliflari.
21 sentabr kuni ertalab Putin mamlakat fuqarolariga murojaat bilan chiqib, «vatan va yaxlitlikni himoya qilish» uchun qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, u o‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar, shuningdek, Xarkiv va Zaporijjya oblastlari okkupatsion hokimiyatining Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun referendum o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga ishora qildi. Tegishli farmon allaqachon imzolangan, Federal majlis palatalari qaror haqida xabardor qilingan va bugun safarbarlik boshlanadi, dedi Putin.
«Harbiy xizmatga faqat zaxiradagi va birinchi navbatda qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, ma’lum harbiy mutaxassislik va tegishli tajribaga ega bo‘lgan fuqarolargina chaqiriladi. Harbiy xizmatga chaqirilganlar qismlarga jo‘natilgunga qadar qo‘shimcha harbiy tayyorgarlikdan o‘tkaziladi», — deya qo‘shimcha qildi u. O‘z navbatida, mudofaa vaziri Sergey Shoygu safarbarlik doirasida 300 ming zaxiradagi askar chaqirilishini aytdi.
Shundan so‘ng, «Vesna» yoshlar demokratik harakati rossiyaliklarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlikka qarshi butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishiga chiqishga chaqirdi. «Minglab rus erkaklari - otalarimiz, ukalarimiz va erlarimiz urush go‘sht maydalagichiga tashlanadi. Ular nima uchun o‘ladi? Onalar va bolalar nima uchun ko‘z yoshlarini to‘kadi? Putin saroyi uchunmi?» - deb yozgan faollar.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

23:31 / 25.07.2025
Tramp Putin bilan Zelenskiy uchrashishini ma’lum qildi

08:01 / 25.07.2025
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi

20:11 / 24.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

11:19 / 24.07.2025