Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mashraf Ravshanqulovich Mansurov 1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.
M. Mansurov 1997 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, o‘z ish faoliyatini Yangiyo‘l tibbiyot kollejida o‘qituvchi sifatida boshlagan.
Shuningdek, u Yangiyo‘l tibbiyot kolleji direktori, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo‘lim sanitariya vrachi kabi qator mas’ul vazifalarda ishlagan.
Tayinlovga qadar M. Mansurov Chirchiq tibbiyot kolleji direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.