Xususiy sektordagi ayollarga 1 mln 992 ming so‘m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi

O‘zbekiston 15:55 / 21.09.2022 4923

Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat budjeti xisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi tartibi tasdiqlandi. 

Unga muvofiq, davlat budjeti  hisobidan xodimning farzandi tug‘ilguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 barobari – 1 mln 992 ming so‘m miqdorida nafaqa to‘lab beriladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir kishi uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori 498 ming so‘mni tashkil qiladi.

Nafaqa tayinlashda nafaqa oluvchiga oid ma’lumotlar avtomatik tekshiriladi:

  • Nafaqa oluvchining 6 oy davomida bir korxonada uzluksiz band bo‘lganligi (Yagona milliy mehnat tizimi" idooralararo dasturiy-apparat kompleksida tekshiriladi);
  • mehnatga xaq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjudligi (Davlat soliq qo‘mitasi bazasidan tekshiriladi;
  • Budjet tashkilotlarida ishlashi/ishlamasligi (Moliya cazirligining "UzASBO" dasturiy majmuasi orkali avtomatik ravishda tekshiriladi).

Yuqoridagi talablarga javob beradigan ayollarga dekret puli to‘lab beriladi.  

Nafaqa tayinlash uchun nafaqa oluvchi hech qayerga murojaat qilishi shart emas - jarayon proaktiv tarzda amalga oshiriladi.

Avvalroq, Moliya vazirligi departament direktori Gulnora Murodova Kun.uz bilan suhbatda xususiy sektorda band bo‘lgan ayollarga dekret puli qanday to‘lab berilishi, qanday talablar qo‘yilishi va nafaqa oluvchi nafaqa pulini qanday olishi borasida ma’lumot bergandi.

Intervyuni bu yerda to‘liq o‘qish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: