Rossiya fond bozori keskin quladi

Jahon 14:20 / 21.09.2022 34196

21 sentabr kungi savdo sessiyasi boshida Rossiya fond bozori 9,61 foizga tushib, 2002,73 punktgacha pasaygan. RBK ma’lumotlariga ko‘ra, bu Ukrainada urush boshlangan 24 fevraldan beri eng minimal ko‘rsatkichdir. Moskva birjasining indeksi bir kun oldin ham 8,84 foizga pasaygan edi.

Moskva birjasining “havorang fishkalari” orasida eng katta qulash “VK” (15,33 foiz), “PIK” (15 foiz) va “Sankt-Peterburg” birjasida (14,2 foiz) kuzatilgan.

Rossiyaliklar tomonidan kompaniyalar aksiyalarini sotish ko‘rsatkichlarining keskin oshishiga Vladimir Putin tomonidan imzolangan safarbarlik to‘g‘risidagi farmon sabab bo‘lgan. Fond bozorining qulashi hozircha rubl kursiga ta’sir qilmagan. So‘nggi oylarda mamlakatdagi asosiy stavka ham bozor harakatlariga bog‘liq bo‘lishni to‘xtatdi va faqat eksport va import oqimlarining nisbati bilan belgilanmoqda.

Urush boshlanganidan keyin norezidentlar Rossiya fond bozoridan chiqib ketishdi. Hozirda uning asosiy harakatlantiruvchi kuchi mahalliy investorlar hisoblanadi. Fevraldan beri Moskva birjasi indeksi 60 foizdan ko‘proqqa pasayib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: