Qashqadaryoda birovning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib, sharmanda qilgan yigit ushlandi

O‘zbekiston 15:23 / 21.09.2022 7100

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro M.G. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uni yashirin tarzda suratga olib, Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali fotosuratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qoson tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan D.B. ekanligi aniqlangan

Qayd etilishicha, D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-1- moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qashqadaryoda qizning suratlarini Telegram’da tarqatib, sharmanda qilgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Bundan tashqari, Qarshi shahrida sobiq xotinining shaxsiga oid ma’lumotlarni internetda tarqatishini aytib, 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: