Moskvadan Toshkent, Istanbul, Yerevan va Bokuga reyslar uchun aviachiptalar tugab qoldi

Jahon 15:40 / 21.09.2022 20212

Qayd etilishicha, Toshkent shahriga 21 va 22 sentabr kunlari uchun chiptalar qolmagan. Biroq, hozirgi paytda 23 sentabrdan boshlab Toshkentga chipta sotib olish imkoniyati bor. «Aeroflot» aviakompaniyasi uni 64 ming rublga taklif qilyapti, bu 1057 dollar degani.

Aviasales servisi ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Moskvadan Istanbulga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz uchun chiptani 23 sentabr, juma kunidan ertaroq sotib olish mumkin emas va uning narxi - 76 ming rubl (Aeroflot parvozi), bu 1255 dollar degani. Ushbu chipta aviakompaniyaning saytidan olib tashlandi, eng yaqin to‘g‘ridan to‘g‘ri reys 25 sentabrda (58,6 ming rubl, 968 dollar). Turkish Airlines saytida shunga o‘xshash reysga chiptani 24 sentabrdan keyin 81 ming rubl, 1338 dollardan ortiq narxda sotib olish mumkin.

Moskvadan Yerevanga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda ham xuddi shunday holat. 23 sentabr kuni uchun «Aeroflot» saytida faqat biznes-klass chiptalari bor (122 ming rubl, 2015 dollardan), 24 sentabrda esa 62 ming rubl, 1024 dollar evaziga «ekonom»da uchib ketish mumkin. 

«Aeroflot» aviakompaniyasidan Bokuga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz uchun chiptani ham 23 sentabrdan keyingi sana uchun sotib olish mumkin va bu 74,5 ming rubl, 1230 dollarga tushadi, «Ozarboyjon havo yo‘llari»da 22 sentabrga 719 yevrodan, 24 sentabrga 394 yevrodan boshlanadigan chiptalar bor, deyiladi aviakompaniya saytida.

Bugun, 21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik e’lon qildi.

Chaqiruv faqat zaxiradagi fuqarolarga tegishli bo‘ladi, ular maxsus operatsiya tajribasini hisobga olgan holda qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tadi.

Safarbarlik tadbirlari bugundan boshlanadi. Maxsus operatsiyada qatnashishga safarbar qilingan shaxslar to‘lovlar va shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning maqomini oladilar. Qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmon davlat mudofaa buyurtmalari bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Ko‘proq yangiliklar: