«IrAero» Samarqanddan Qozonga parvozlarni boshladi

O‘zbekiston 12:04 / 21.09.2022 2233

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, 20 sentabrdan boshlab Samarqandga va ortga reyslar haftada bir marta - seshanba kunlari amalga oshiriladi. Oktyabr oyi oxirigacha 2022 yil bahor-yoz mavsumi doirasida samolyotlar Samarqanddan Qozonga mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da parvoz qiladi.

Yo‘lovchilarni tashish Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bir yo‘nalishdagi parvoz vaqti 3 soat 40 daqiqa.

«IrAero» aviakompaniyasi - 1999 yilda tashkil etilgan va Irkutsk xalqaro aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi. 

Kompaniya parki Airbus A319, Superjet 100, Bombardier CRJ-200LR kabi samolyotlardan, shuningdek, «Antonov» yo‘lovchi va yuk tashuvchi samolyotlaridan iborat.

Ko‘proq yangiliklar: