Franklin Templeton O‘zbekistonda davlat korxonalari va banklarni xususiylashtirishga yordam beradi

O‘zbekiston 12:12 / 21.09.2022 1781

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Franklin Templeton investitsiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Franklin Templeton vakillari O‘zbekiston tomoni ochiqlik va biznes sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash siyosatiga sodiqligini yuqori baholadi. 

Franklin Templeton tomonidan O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalari va banklarini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda xususiylashtirishga ko‘maklashish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Franklin Templeton 1947 yil tashkil etilgan xolding kompaniyasi bo‘lib, individual investorlar, korporatsiyalar va moliya institutlariga keng qamrovli investitsiya hamda maslahat xizmatlarini taklif etadi, xususiy, professional va institutsional investorlar nomidan umumiy qiymati 1,4 trillion dollarlik boshqaruv ostidagi aktivlarga egalik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: