Samarqandda «YeI – Markaziy Osiyo» vazirlar konferensiyasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston 11:03 / 20.09.2022 2703

Stokholmda “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar konferensiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Chexiyaning Stokholmdagi elchisi Anita Grmelova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Chexiya hamkorligi bugungi holati, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Chexiyaning Yevropa ittifoqiga raisligi doirasida bo‘lajak tadbirlar, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo” hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha birinchi vazirlar konferensiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat diplomatiya vakolatxonalari o‘rtasida doimiy amaliy aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: