Pensiyani hisob-kitob qilish yangi tartibi joriy etilyapti

O‘zbekiston 11:05 / 20.09.2022 24408

Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlari umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqi maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Ushbu tartiblar 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 324 ming so‘mni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: