O‘zbekistonda turistlarni ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olish tizimi soddalashtiriladi

O‘zbekiston 07:24 / 20.09.2022 1620

Qayd etilishicha, turistlarni ichki ishlar idoralarida ro‘yxatga olish tartibida noqulayliklar bor. Xorijdan kelgan turistni mehmonxona 2 kun ichida, qarindoshinikida qolganda esa, uy egasi 3 kun ichida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Ichki ishlar vazirligiga bu tizimni tahlil qilib, ortiqcha cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha topshiriq berildi. Bunda xorijiy turistlarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish o‘rniga onlayn xabardor qilish tartibiga o‘tiladi.

Turistik agentlarga ham litsenziya talabi bekor qilinib, xabardor qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu orqali qo‘shimcha 1 mingta turagent paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratiladi.

– Turizm – bu ham investitsiya, ham eksport, ham yangi ish o‘rinlari va kambag‘allikni qisqartirish degani. Shuning uchun har bir hududda bu sohaga jiddiy e’tibor qaratib, ko‘proq sayyohlarni jalb etish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kelgusi yilda 7 million xorijiy va 12 million mahalliy turistlarni jalb qilish, turizm eksportini 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyati borligi ta’kidlandi. Bu bo‘yicha aniq yo‘nalishlar ko‘rsatilib, ijrosiga mas’ullar belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: