O‘zbekiston va Ispaniya suv xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston 10:29 / 20.09.2022 3719

Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasini amalga oshirish doirasida suv xo‘jaligi qonunchiligi, suv resurslarini boshqarish, tashkiliy, institutsional, huquqiy tuzilmalar, suv resurslarini moliyaviy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini o‘rganish maqsadida mamlakat delegatsiyasi amaliy safar bilan Ispaniyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Safar doirasida elchixonada delegatsiya a’zolari Ispaniyaning GEDEPSA S.A. promouterlik va konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. GEDEPSA S.A. vakolatxonasi O‘zbekistonda Ispaniyaning suv-ekologiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalari ta’lim va ilmiy muassasalarni jalb qilgan holda loyihalarni hayotga tatbiq etadi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi direktori Baxtiyor Kamolov va GEDEPSA S.A. prezidenti Alxandro Pastrana Molero hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hujjatda suv ta’minoti samarali tizimlarini yaratish, suv resurslarini iste’mol qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suv xo‘jaligi sohasida muqobil energiya resurslaridan foydalanish innovatsion texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun Ispaniya davlat va xususiy mablag‘larini jalb etish vazifalari belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: