O‘zbekiston va BAA turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda mutaxassislar tayyorlaydi

O‘zbekiston 09:59 / 20.09.2022 4609

Amaliy safar bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi BAA Madaniyat, sport va turizm qo‘mitasi, Crowne Plaza Dubai Marina mehmonxonasi rahbariyati hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

BAA turizm va mehmonxona tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish, hamkorlikda turizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash, o‘quv dasturlari hamda darsliklarni takomillashtirish muhokama qilindi.

BAA O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, sayyohlik infratuzilmalarini rivojlantirish, turizm sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda investitsiya dasturlari bilan tanishtirildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Crowne Plaza Dubai Marina mehmonxonasi o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro hamkorlik va do‘stona aloqalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi, ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: