Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yil mos davriga nisbatan solishtirilganda 50,1 ming tonna (71,8 foiz)ga ko‘paygan.
O‘zbekiston 2022 yilning 8 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 53,6 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 26,9 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 19,9 ming tonna;
- Tojikiston – 12,2 ming tonna;
- Latviya – 2,4 ming tonna;
- Belarus – 2,3 ming tonna.