Nogironligi bo‘lgan yoshlarga subsidiya ajratish tartibi tushuntirildi

O‘zbekiston 09:24 / 20.09.2022 2144

“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanaliga ko‘ra, o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bola qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va bola qonuniy vakili ekanini tasdiqlovchi hujjat;
  • nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnoma elektron nusxasi (pdf yoki jpg formatda);
  • shartnomada nodavlat ta’lim tashkiloti nomi, STIR, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qish bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim.

Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:

  • transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, pdf yoki jpg formatda);
  • yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilgani haqidagi bildirishnoma elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, pdf yoki jpg formatda).

Arizalarni ko‘rib chiqish muddati 15 ish kuni.

Ko‘proq yangiliklar: