Xitoy mamlakatga kirish uchun joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni rejalashtirmoqda 

Jahon 20:23 / 19.09.2022 7269

Xitoy hukumati mamlakatga kirish uchun joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni rejalashtirmoqda.

Endilikda Xitoy turistik agentliklari tomonidan tashkil etilgan turistik guruhlar "mamlakatga kirish va chiqish joylarini o‘zlari tanlashi" mumkin bo‘ladi.

Avvalroq aholisi 21 mln kishini tashkil etadigan Chendu shahri lokdaundan chiqarilgandi.  

Bundan tashqari, XXR hukumati talabalarga viza berishni boshladi va mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni tiklamoqda. Majburiy karantin muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirildi. 

Koronavirus infeksiyasi tarqala boshlagandan so‘ng Xitoyga kirishga cheklovlar o‘rnatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: