Shomurodov, Shukurov va Yo‘ldoshevsiz. O‘zbekiston milliy jamoasi mashg‘ulotlarni boshladi (fotogalereya)

Sport 23:05 / 19.09.2022 15941

Jamoa bugun — 19 sentabr kuni Toshkentda yig‘ilib, «Bunyodkor» akademiyasi maydonida dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. 

Chaqirilgan futbolchilardan Eldor Shomurodov («Roma»), Otabek Shukurov («Fatih Karagyumryuk») va Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Nijniy Novgorod») ko‘rinmadi, chunki bu legionerlar 18 sentabr kuni o‘z klublarida maydonga tushishgan. «Torpedo» vingeri Hojimat Erkinov esa individual tarzda shug‘ullandi.

Srechko Katanets jamoasi 20 sentabr kuni Toshkentda yana bir mashg‘ulot o‘tkazadi va so‘ng kechki reysda Janubiy Koreyaga uchib ketadi.

3 oydan so‘ng to‘plangan «oq bo‘rilar»ning mashg‘ulotlaridan olingan fotosuratlarni tomosha qiling. 

A’zamjon Izzatillayev olgan suratlar

Ko‘proq yangiliklar: