Qirg‘iziston Tojikiston bilan yuz bergan nizo oqibatida yetgan moddiy zararni 18,4 mln dollar deb baholadi 

Jahon 21:18 / 19.09.2022 8447

Tojikiston bilan to‘qnashuv oqibatida yetkazilgan dastlabki zarar miqdori 1,5 milliard somni (18 mln 466 ming dollar) tashkil etadi, deb ma’lum qildi Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imankulov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu miqdor yana o‘sishi mumkin. 

«Ikki hafta davomida Oq-suv daryosidagi ko‘prikni tiklaymiz. Elektr uzatish liniyalari, uyali aloqa operatorlari retranslyatorlari qayta tiklanadi. Yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha komissiya tuzildi. Moddiy zararning dastlabki miqdori 1,5 milliard somni tashkil etadi», — dedi u.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat 14 sentabr kuni Botken tumanidagi uchta uchastkada chegarachilar o‘rtasida otishma boshlanganidan keyin keskinlashdi.

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Tojikiston bilan chegaradagi qurolli mojarodan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Ko‘proq yangiliklar: