Ushbu shoxobchada xizmat ko‘rsatayotgan xodimlar orqali qarzdorlik tufayli taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olish va qarzdorlikni shu zahoti bu saytda elektron to‘lov tizimlari orqali amalga ham oshirish mumkin. Shoxobchaga infokioska ham o‘rnatilmoqda, bu esa fuqarolarning naqd pulda ham to‘lovni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Endigina faoliyatini boshlagan shoxobchaga bir kunda 50 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari bo‘yicha taqiq masalalariga aniqlik kiritilmoqda. O‘z vaqtida to‘lanmay qolgan qarzdorliklar evaziga 30 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar elektron tarzda qabul qilindi.
Majburiy ijro byurosining qidiruv bo‘limi I.Gafurovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, boshqa aeroportlarda ham fuqarolarda taqiqlar masalasida muammolar yuzaga kelganida, markazlashgan tartibda masalani o‘rganish va hal etish uchun maxsus telefon raqami (95-411-07-17) joriy qilingan. Fuqarolar bu raqam orqali yoki aeroport mas’ul xodimlariga orqali Toshkent xalqaro aeroportidagi interaktiv shoxobcha bilan bog‘lanishlari va muammolarini hal qilishlari mumkin.