ASUS yangi o‘yin smartfonlarini taqdim etdi

Fan-texnika 20:57 / 19.09.2022 58057

ASUS kompaniyasi ROG Phone 6D va ROG Phone 6D Ultimate o‘yin smartfonlarini taqdim etdi.

Ularga MediaTek kompaniyasining Dimensity 9000+ protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, qurilmalarning tezkor xotirasi 16 Gb va doimiy xotirasi 256 yoki 512 Gb.

Smartfonlar 6,7 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan. Displey Corning Gorilla Glass Victus oynasi bilan himoyalangan. 

Qurilmalarning old kamerasi 12 Mp, asosiy kamerasi 50 Mp. Akkumulyatori sig‘imi 6000 mA•sni tashkil etadi. 

ROG Phone 6D smartfoni 910 dollar va ROG Phone 6D Ultimate 1,3 ming dollar narxda sotuvga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: