Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs Telegram messenjeri orqali qizi R.J.ning shaxsiy boshqalarga ko‘rsata olmaydigan videotasvirlari va suratlarini tarqatib, sharmanda qilayotganini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida video va fotosuratlarni tarqatayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.S. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qashqadaryoda sobiq xotinining shaxsiga oid ma’lumotlarni internetda tarqatishini aytib 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlangandi.