ShHT sammiti doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ va “China Camc Engineering Co., LTD” kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolandi

Foto: O‘zkimyosanoat
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi J.Mirzamahmudov hamda Xitoyning “China CAMC Engineering Co., LTD” kompaniyasi boshqaruvi raisi, janob Van Bo ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida qator istiqbolli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolash marosimi o‘tkazildi.
Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, tomonlar sirka kislotasi va uning hosilalari, vinil-atsetat, monoxloratsetik kislota va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishadi.
Tadbir yakunida nafaqat ikki kompaniya o‘rtasida, balki mamlakatlar miqyosida ham o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash juda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, tomonlar imzolangan bitim doirasida qo‘shma loyihalarni tezkorlik bilan amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tuzish va “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olishdi.
“O‘zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid

19:00 / 14.02.2025
Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda

14:21 / 05.12.2024
Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” rahbarligiga qaytdi

12:00 / 09.12.2023
«O‘zkimyosanoat» yana bir xalqaro reytingni qo‘lga kiritdi

14:27 / 27.11.2023