Yevropada xay-tek uslubidagi poyezdlar yo‘lga qo‘yiladi

Jahon 19:38 / 15.09.2022 7815

Avstriyaning OBB temiryo‘l kompaniyasi 2023 yil yozidan NightJets – hashamatli yuqori texnologik poyezdlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 

Ma’lumot berilishicha, ushbu poyezdlar 8 mamlakatdagi 25ta yo‘nalishda harakatlanadi. 

Yangi poyezdlar yettita vagondan iborat bo‘ladi. Kupelar ikki va to‘rt o‘rinli bo‘lib, yolg‘iz o‘zi ketishni istaydigan yo‘lovchilarga mo‘ljallangan mini-kayutalar ham bo‘ladi. 

Kupelarda hojatxona va cho‘milish xonalari joylashgan bo‘lib, yo‘lovchilarga nonushta ham beriladi. 

Poyezdlar 254 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Ularning tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: