AQSh Ukrainaga ilg‘or raketa tizimlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda

Jahon 19:47 / 15.09.2022 11789

AQSh milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Qo‘shma Shtatlar Kiyevga ilg‘or raketa tizimlarini yetkazib berish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

«Ularga sharq va janubdagi janglarda ehtiyoj sezayotgan qurol-yarog‘ va texnika beriladi. Bu nimalarni o‘z ichiga oladi. Artilleriya, ilg‘or raketa tizimlari», — dedi u.

Avvalroq Kirbi AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini jo‘natishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

So‘nggi kunlarda frontda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Ukraina Rossiya bilan chegaradagi Xarkiv viloyatini deyarli to‘liq ozod qildi. Shuningdek, Ukraina Xerson yo‘nalishida ham keskin qarshi hujumga o‘tgan.

Ukraina 6 ming kvadrat kilometrdan ortiq hududdagi yuzlab aholi yashash manzillarini qaytarib oldi. G‘arb ekspertlari bu Ukraina frontda ustunlikni qo‘lga olganini anglatishi va bu holat urushda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: