Kun.uz iqtisodiyot, huquq va xalqaro maydondagi mavzular bo‘yicha tahlilchilar va tajribali jurnalistlarni ishga taklif qiladi

Jamiyat 10:41 / 14.09.2022 8580

Iqtisod yo‘nalishida nomzodlardan mamlakat iqtisodiyoti va moliya olamidagi yangiliklarni tahlil qilib maqola va materiallar tayyorlash, soha mutaxassislari bilan eksklyuziv intervyular uyushtira olish talab etiladi.

Huquq sohasi bo‘yicha nomzodlar milliy qonunchilik va xalqaro huquqdan xabardor bo‘lishi, jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarning huquqiy yechimini tahlil qila olishi, yangi qabul qilinayotgan hujjatlarni xalqchil tilda ommaga tushuntirib bera olishi zarur.

Bizga xalqaro masalalar bo‘yicha mutaxassis ham kerak. U xorijiy mavzular, xalqaro diplomatiya va tashqi siyosatni doimiy kuzatib borishi, turli nizo va tortishuvlarning o‘tmishi va bugunini sharhlay olishi, shu kabi mavzularda suhbatlar qila olishi lozim.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga: 

  • qonuniy asosdagi mehnat shartnomasi;
  • yuqori maosh;
  • tahririyatda mavjud ijtimoiy paketlar (ya’ni bonuslar tizimi);
  • bir mahal issiq ovqat (tushlik) kafolatlanadi.

Yuqorida qo‘yilgan talablarga javob oladigan malakali mutaxassislarni Kun.uz'da kutamiz.

O‘zingiz haqingizda bitilgan qisqa tarjimayi hol va ehtimol jurnalistikada qilgan ishlaringizni quyidagi manzilga yuboring:

Anketa to‘ldirish: forms.gle/kcZGbQgzMXGENEBn9

Ko‘proq yangiliklar: