Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Nexia haydovchisi vafot etdi
Nexia qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan avtobus bilan to‘qnashgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 sentabr kuni soat 19:20 larda 4R-40 Dashtobod-Zomin-Baxmal avtomobil yo‘lining Duoba mahallasidan o‘tgan 63-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
G‘allaorol tumani «Guliston» MFYda yashovchi fuqaro Nexia mashinasini Supa yo‘nalishida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan Zomin tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

16:19 / 13.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi

19:53 / 12.03.2025
Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

17:21 / 11.03.2025