O‘zbekiston | 13:00 / 13.09.2022
17941
2 daqiqa o‘qiladi

"Xalq banki" xotin-qizlar uchun foizsiz ta’lim kreditlari taqdim etadi

Xalq bankining ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga ajratiladi.

Foto: Xalq banki

Talaba xotin-qizlar uchun kredit foizsiz shartlarda ajratiladi!!! Shuningdek talabalarga o‘qish davri va o‘qishni tugatganidan so‘ng qo‘shimcha 6 oy davomida (ya’ni talaba ishga joylashishi uchun vaqt berilgan) imtiyozli davr beriladi. Kredit bo‘yicha asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

Kredit faqatgina yillik to‘lov kontrakt shartnoma summasi miqdorida ajratiladi. Ya’ni birdaniga 4 yillik kontrakt puli uchun to‘lov qilish imkoniyati mavjud emas. Lekin ushbu kreditni har bir o‘quv yilida olish mumkin. Masalan, 1-kursda ta’lim krediti olgan bo‘lsangiz, 2-kursda ham olishingiz mumkin.

Kredit rasmiylashtirish uchun:

1) pasport (yoki ID karta);

2) to‘lov-kontrakt shartnomasi;

3) uchinchi shaxs kafilligi talab etiladi.

Ta’lim krediti faqat talabaning nomiga rasmiylashtiriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

Kreditga ariza topshirish uchun kerakli hujjatlarni to‘plab, Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilishingiz mumkin.

Aloqa markazi: 1106 / 71 210 2002 

Telegram:Xalqbankinfo  

Facebook: Xalq Banki 

Instagram: xalqbankinfo 

Onlayn murojaatlar uchun: t.me/xbcallsupport

Reklama

Mavzuga oid