Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida rasmiy taksi xizmati o‘z ishini boshladi
12 sentabr kuni Toshkent aeroporti hududida auksion orqali g‘olib deb topilgan taksi xizmati ish boshladi. Taxi Airport Tashkent stikerlari tushirilgan, yukxonaga ega yangi benzinli avtomobillar uchib kelish zali chiqishida turadi.

Foto: Uzbekistan Airpors
Taksi xizmatidan foydalanish tartibi: yo‘lovchilar uchib kelish zalida o‘rnatilgan peshtaxta oldiga kelib, manzilini aytadi. Menejyer tarif bo‘yicha kilometrni hisoblab chiqadi va to‘lash uchun summani aytadi. Agar narx yo‘lovchiga to‘g‘ri kelsa, u to‘lovni (naqd yoki bank kartasi orqali) amalga oshiradi, manzili va to‘langan summasi ko‘rsatilgan kvitansiya bilan terminaldan chiqib, birinchi turgan taksiga o‘tiradi.
Shuningdek, yo‘lovchi peshtaxtani chetlab o‘tgan holda, to‘g‘ridan to‘g‘ri birinchi turgan mashinaga o‘tirib, taksi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Terminal oldiga kirish faqat Taxi Airport Tashkent xizmati uchun mumkin bo‘ladi. Boshqa barcha taksilar, shu jumladan agregatorlar (Yandex, MyTaxi va boshqalar) orqali ishlaydigan taksilar avtoturargohlar oldidan yo‘lovchilarni olib ketishi mumkin bo‘ladi. Yo‘lovchi o‘z haydovchisini tezda topishi uchun uzoqdan ko‘rinadigan katta belgi o‘rnatiladi, bu taksi va yo‘lovchining uchrashadigan joyi ekanligini ko‘rsatadi.
Aeroportda xizmat ko‘rsatish uchun kompaniya «Komfort», «Biznes», «Lyuks» va «Premium» tariflarini joriy qildi.
Mijozlarni birinchi qatorda «Komfort» tarifidagi avtomobillar kutadi. Boshqa tariflardagi avtomobillar ikkinchi qatorda turadi yoki yo‘lovchi iltimosiga binoan xizmat ko‘rsatiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida
O‘zbekiston | 22:01
-
Bo‘stonliq tog‘laridagi yong‘in qariyb 7 soatda o‘chirildi
O‘zbekiston | 21:48
-
Sea Breeze Uzbekistan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi - ekologiya vaziri
O‘zbekiston | 21:40
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
Mavzuga oid

14:59 / 14.07.2025
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

17:36 / 02.07.2025
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqni agregatorlar to‘laydi

21:44 / 26.06.2025