«Bu nihoyatda muhim» – Sodiq Safoyev Eronning ShHTga qo‘shilishi haqida
ShHT bu – mintaqaviy rivojlanish tashkiloti, hududdagi eng yirik davlatlarning bu tashkilotga kirishi - ko‘zda tutilgan dasturning amalga oshishida ijobiy rol o‘ynashi mumkin, deydi Oliy Majlis Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.

Foto: Xalqaro press-klub
«Eron – muhim va yirik davlat. Dunyoda bevosita chegaradosh davlatlar soni bo‘yicha ham eng katta mamlakat bu – Eron. U Markaziy Osiyoni Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Kavkaz, Yevropa bilan bog‘lovchi chorrahada joylashgan. Bu esa uning jug‘rofiy joylashuvi qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.
Eng asosiysi – Eron orqali dengiz portlariga chiqish imkoniyati biz uchun juda muhim. Chorbahr dengiz portlari Markaziy Osiyoni jahon bozori bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Albatta, Eron bilan hamkorlik qilish ShHT uchun juda muhim», – ta’kidladi Sodiq Safoyev.
Mavzuga oid

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

10:57 / 05.01.2025
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

16:39 / 02.12.2024