Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqarolar T.N. va D.N. fuqaro H.ga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatgani to‘g‘risida diplom olib berishi evaziga 3 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib, evaziga 5 ming dollar olayotganda qo‘lga olingandi.