Apple iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim etdi
iPhone 14 799 dollar, iPhone 14 Plus esa 899 dollar narxda sotuvga chiqariladi.

Foto: Apple
Apple kompaniyasi iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlarini taqdim etdi.
iPhone 14 6,1 dyuymli va iPhone 14 Plus 6,7 dyuymli ekranga ega. Ularga iPhone 13’dagi kabi A16 protsessori o‘rnatilgan.


Yangi smartfon ilk bor faqat eSIM bilan ishlaydigan — SIM-karta solinmaydigan shaklda chiqarildi.

Smartfonlar shuningdek, sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi, undan faqat favqulodda qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar almashishda foydalanish mumkin. Ushbu funksiya noyabrdan AQSh va Kanadada yo‘lga qo‘yiladi.

Smartfonlarning kameralari 12 Mp bo‘lib, yorug‘lik kam sharoitda ham sifatli suratga olishga moslashtirilgan.


iPhone 14 16 sentabrdan 799 dollar, iPhone 14 Plus esa 7 oktyabrdan 899 dollar narxda sotuvga chiqariladi.
Mavzuga oid

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

16:11 / 12.04.2025
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi

21:17 / 10.04.2025