O‘zbekiston | 16:14 / 07.09.2022
3766
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar harakati 2022 yil 12 sentabr kunidan 18 sentabr kunigacha 7 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, bunda 2022 yil 14-18 sentabr Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan ShHT a’zo davlatlar rahbarlari kengashi navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsad qilingan.

Poyezdlar quyidagi vaqt oralig‘ida harakatlanadi:

  • 767-sonli Samarqand - Toshkent yo‘nalishidagi poyezd Samarqand vokzalidan soat 11:08 da jo‘nab, «Toshkent-Markaziy» vokzaliga soat 13:18 da yetib keladi;
  • 768-sonli Toshkent - Samarqand yo‘nalishidagi poyezd «Toshkent-Markaziy» vokzalidan soat 13:40 da jo‘nab, Samarqand vokzaliga soat 15:48 da yetib boradi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. 

Mavzuga oid