Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida er bog‘cha bolalari ko‘z o‘ngida xotinini bo‘g‘ib, kaltakladi
Quyi Chirchiqdagi bog‘chada yuz bergan er-xotin janjali yuzasidan tergov boshlandi.

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida er rashk sabab xotini ishlaydigan xususiy bog‘chaga borib, bolalar ko‘z o‘ngida uni urgani aks etgan video tarqaldi.
Internetda tarqalgan videoda er bolalar ko‘z o‘ngida ayolini bo‘g‘ib, kaltaklagani, bolalar voqeadan qo‘rqib ketib yig‘laganini ko‘rish mumkin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yil 24 avgust kuni soat taxminan 17:00 va 18:00 lar oralig‘ida Quyi Chirchiq tumanidagi «Lastochka» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga umuman aloqador emas shaxslarning janjali bolalar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu er-xotining tortishuvi avvaliga ko‘chada boshlangan, so‘ng erining kaltagidan qochgan ayol ko‘zi tushgan darvoza tomon kirib yashirinmoqchi bo‘lgan. Er xotinining ketidan kirib kelgan, janjal holati NMTT ichida davom etgan.
Do‘pposlangan ayol NMTTda ishlamagan.
Ayni damda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tergov ishlarini amalga oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55
-
Zelenskiy Rossiya bilan keyingi muzokaralar shartlarini aytdi
Jahon | 11:40
-
🔴 LIVE: Aliyev–Pashinyan va Tramp–Netanyahu uchrashuvlari. Nimalar gaplashildi?
Jahon | 11:22
-
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

14:40 / 01.07.2025
G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

11:32 / 01.07.2025
Video: G‘ijduvon davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltakladi

15:07 / 26.06.2025