Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yangi sanitariya talablari tasdiqlandi
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari Adliya vazirligi tomonidan hisobga olindi.

Foto: Fotolia
Yangi talablar bilan tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi ayrim talablar (suv ta’minoti bo‘lmaganda korxona faoliyatini to‘xtatishi, ovqat tayyorlashda ko‘mir va o‘tindan foydalanishni taqiqlash) bekor qilindi.
Quyidagi sanitariya-gigiyena talablari belgilandi:
- umumiy ovqatlanish korxonalarida ichimlik suvi bilan ta’minlash markazlashtirilgan suv ta’minoti tizimiga ulanish yo‘li bilan amalga oshirilishi;
- markazlashtirilgan suv ta’minoti bo‘lmaganda, ichki suv ta’minoti artezian qudug‘idan, boshqa quduqlardan yoki kaptajlardan foydalanish;
- chiqindi maydonchasini belgilangan masofada joylashtirish imkoni bo‘lmaganda, chiqindilar korxonalar sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni bo‘lgan alohida xonasida saqlanishiga yo‘l qo‘yilishi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi:
- texnologik jarayon talablariga rioya qilishni ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda mahsulot tayyorlash;
- yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsiz yoki sifati bo‘yicha shubhali, buzilish belgilari bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish;
- germetik idishlarda sabzavotli, go‘shtli, baliqli, qo‘ziqorinli konservalar tayyorlash;
- quritilgan va dudlangan baliq tayyorlash va quritilgan qo‘ziqorinlar tayyorlash.
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi xodimlar tomonidan ish boshlashdan oldin quyidagilar amalga oshirilishi shart: zargarlik buyumlari, soatlar yechilishi; sochlar ro‘mol yoki qalpoq ostiga yig‘ilishi; toza sanitariya kiyimlari kiyilishi; qo‘llar iliq suvda sovun bilan yuvilishi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi, tirnoqlar olingan va lak surilmagan bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid

16:34 / 13.02.2025
Inson hayoti va sog‘ligiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi

09:33 / 13.02.2025
1,15 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:43 / 09.01.2025
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

07:44 / 14.12.2024