Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Hisob palatasi raisi o‘rinbosari Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Administratsiya rahbari Sardor Umrzoqov inspeksiyaning yangi boshlig‘iga qator vakolatlar berilganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Saidkarimov prezident topshiriqlari, qaror va farmonlar ijrosini nazorat qilib, ularga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbarlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritib boradi.

Saidlaziz Saidkarimov
Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov boshchiligida prezident tomonidan yangi tayinlangan kadrlar tanishtiruvi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, Administratsiya nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov tayinlangan. U bunga qadar Hisob palatasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Uning o‘rniga esa Prezident administratsiyasi sho‘’ba mudiri O‘tkir Jumanov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda inspeksiyaning yangi boshlig‘iga prezident topshiriqlari, ijro intizomi, qaror va farmonlar ijrosini ta’minlash, vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashayotgan rahbar xodimlarga jazo berish, ularni ishdan ozod etish va qonuniy javobgarlikkacha tortish yuzasidan takliflar kiritish vakolatlari berilgan.
Saidlaziz Saidkarimov 1982 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2002 yil O‘zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan. 2009-2018 yillarda Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2018 yil fevraldan 2020 yil sentabrgacha bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan, shundan so‘ng Hisob palatasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlangan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:33 / 23.06.2025
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi

10:30 / 16.06.2025
Prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi tugatildi, uning rahbari Saidlaziz Saidkarimov prezident tanqidiga uchradi

17:00 / 12.02.2025
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

20:32 / 20.01.2025