Insayderlarning ma’lumot berishicha, sentabrda taqdimoti o‘tkaziladigan Huawei Mate 50 smartfoni maxsus imkoniyatlarga ega bo‘ladi. U xususan, quvvati to‘liq tugagandan keyin ham qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Smartfon Harmony OS 3.0 operatsion tizimida ishlaydi. Tizimda maxsus rejim bo‘lib, u qurilma batareyasi quvvati to‘liq tugaganidan keyin faollashadi. Mazkur rejim tufayli foydalanuvchi yana bir qancha vaqt aloqada qolishi mumkin bo‘ladi.
Rejimdagi maxsus sozlamalar akkumulyatorda ozgina quvvat zaxirasini saqlab qoladi. Natijada smartfon egasi quvvat to‘liq tugaganidan keyin ham xabar yozishi yoki bir necha marta qo‘ng‘iroq qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon to‘rtta modifikatsiyada ishlab chiqariladi: Mate 50e, Mate 50, Mate 50 Pro va Mate 50 RS. Smartfonlarning boshqa texnik xususiyatlari haqida ma’lumot yo‘q.