Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik kengashlari kotiblari muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston 07:40 / 19.08.2022 8917

Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, bugungi kun oldida turgan vazifalarning og‘irligiga qaramay, ikki mamlakat hukumatlari, huquq-tartibot idoralari darajasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar davom etayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari, harbiy idoralari, huquqni muhofaza qilish va adliya idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning keyingi rejalari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. 

Bir qator mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi. Rossiya tomoni “G‘arb davlatlari va birinchi navbatda AQShning MDH hududida keskinlik o‘choqlarini yaratish istagi”dan xavotir bildirdi. 

Uchrashuv yakunida Rossiya va O‘zbekistonning ko‘p tomonlama, jumladan, Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasidagi o‘zaro hamkorligi, O‘zbekistonning ushbu tashkilotga raisligida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Ko‘proq yangiliklar: