O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi 

O‘zbekiston 07:41 / 19.08.2022 4597

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyati Sardoba tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro F.Sh. boshqa bir fuqaro H.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Buxoro viloyati Olot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar N.H. va S.B. fuqaro Z.ning qizini Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni 800 dollarga kelishib, shundan 400 dollarni olgan vaqtida ushlangan, tadbir davomida ushbu fuqarolar Z.ning to‘ng‘ich qizini ham texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olgani aniqlanib, 200 dollarni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: