Lincoln kompaniyasi Pebble Beach Concours d’Elegance tanlovi uchun tayyorlangan Model L100 haydovchisiz elektromobilini namoyish etdi.
Elektromobil futuristik dizayni va oynavandligi bilan ajralib turadi. U sun’iy ong va GPS uzatkichlari yordamida boshqariladi.
Kuzov metallik bo‘yoq va akril qoplamadan iborat, ichki qismi qayta ishlangan charm bilan jihozlangan.
Model L100 elektromobilida rul va pedallar yo‘q.
Elektromobilning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan. Unga yangi avlod akkumulyator batareyalari va texnologiyalari o‘rnatilgani aytilmoqda.