Toshkentda Islom taraqqiyot banki vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekiston 18:07 / 18.08.2022 6884

Bugungi kunda ITB bilan birgalikda uy-joy kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloqlarni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv xo‘jaligi, tadbirkorlik va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1,2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muzokaralarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Joriy yil yakunigacha bank tomonidan 1,6 mlrd dollarlik o‘ta muhim loyiha va dasturlarni moliyalashtirishni ma’qullash nazarda tutilgan alohida dastur qabul qilindi. 

Bankning Toshkentdagi to‘laqonli vakolatxonasini tez fursatda tashkil etish, yangi moliyalashtirish vositalarini joriy qilish muhim ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni, ayollar va yoshlar biznesini rivojlantirish borasidagi vazifalar yechimiga muhim hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.

Transport infratuzilmasi bo‘yicha mintaqaviy loyihalarni, Orolbo‘yida ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi hamkorlik, IHT alohida trast fondi ko‘magida Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va uni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bank boshchiligidagi islom olami yetakchi moliyaviy institutlarini o‘z ichiga olgan Arab muvofiqlashtirish guruhi navbatdagi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazish muddatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: