Magnit bo‘ronlari o‘zi nima? Kimlar xavf ostida va qanday himoyalanish mumkin?

O‘zbekiston 12:05 / 18.08.2022 39307

Magnit bo‘ronlari – bu odatda quyosh faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi. Magnit bo‘ronlari bir vaqtda Yer yuzining yirik maydonlarida kuzatiladi va ko‘pchilik buni his qiladi. Ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlar bu jarayonlarni og‘ir o‘tkazishadi.

Bunda asosan magnit bo‘ronlari ta’sirida qon aylanishi o‘zgarishi asosiy ta’sir vositasi hisoblanadi. Chunki eritrotsitlar tarkibidagi temir moddasi magnitdan ta’sirlanadi. Natijada tomirlarda tiqilmalar hosil bo‘ladi va bu ayniqsa surunkali kasalliklari bor odamlar uchun xavfli hisoblanadi.

Asab tizimiga esa magnit bo‘roni paytida gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayishi ta’sir qiladi va holsizlik, jizzakilik, reaksiya susayishi yoki kuchayishi kabi belgilar paydo bo‘ladi.

Magnit bo‘ronlari vaqti-vaqti bilan albatta sodir bo‘luvchi hodisa ekan, bu jarayondan inson o‘zini himoyalashi shart:

  • Bunday kunlar odatda OAV orqali e’lon qilinadi. Asabiylashishdan tiyilish, hazmi og‘ir ovqatlar iste’mol qilmaslik, spirtli ichimliklar, chekishni cheklash lozim;
  • Shunday kunlarda jismoniy mehnatni cheklab turish, aqliy mehnatda ham organizmni zo‘riqtirmaslik maqsadga muvofiq;
  • Imkon qadar dush qabul qilib turish, iliq suv ichish va salqin xonalarda o‘tirish kerak;
  • Surunkali kasalliklari bor bemorlar, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan insult o‘tkazganlar yolg‘iz qolmasliklari, bir o‘zlari avtomobil boshqarmasliklari, har bir dori vositasini shifokor nazoratida qabul qilishlari darkor;
  • Umuman, magnit bo‘ronlariga tabiatning bir hodisasi sifatida qarash va qo‘rqmaslik lozim. Shunda o‘tkazib yuborish oson kechadi.
Ko‘proq yangiliklar: